Главная » 2016 » Декабрь » 3 » Saylov kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?
12:42

Saylov kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?


Noyabr oyi so‘nggi o‘n kunligida havo haroratining keskin tushib  ketishi va qor yog‘ishi hamyurtlarimizni shoshirib qo‘ygandi. Dekabr oyi kirib kelishi bilan harorat yana ko‘tarila boshladi. Ayni vaqtda Toshkent shahrida harorat 18-20 daraja iliq. 3 dekabr kuni ham harorat shunday bo‘lsa-da, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ish ehtimoli mavjud. 4 dekabr kuni ham ertalab yomg‘ir yog‘adi. Harorat 13-15 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar qilmoqda.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bugun +10+15 daraja. 3 dekabr kuni yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni esa yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, harorat 8-13 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
 
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ertaga, 3 dekabr kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Harorat 3-8 daraja iliq bo‘ladi. 4 dekabr kuni yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati +13+18 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda.
 
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida bugun harorat 15-20 daraja iliq. Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 3-4 dekabr kunlari yomg‘ir yog‘adi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida esa 4 dekabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi.
 
Farg‘ona vodiysining Andijon va Farg‘ona viloyatida 4 dekabr kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. O‘rtacha havo harorati 8-13 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Saylov kuni, ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя