Главная » 2020 » Август » 5 » Sayyod.com rahbari Sardor Komilov koronavirusga chalindi
18:31

Sayyod.com rahbari Sardor Komilov koronavirusga chalindi


Sayyod.com rahbari Sardor Komilov koronavirusga chalindi. Bu haqda u instagramdagi sahifasida ma'lum qildi.

"1. Kovid alomatlari menda paydo bo‘lganiga 6 kun bo‘ldi.
2. Bu bir oy vaqt ichida ishgayam chiqmadim, intervyular ham bo‘lmagan! Efirdagi barchasi may-iyun oralig‘ida suratga olingan. Xullas, bir oy muloqotlar cheklangandi.
3. Burundan tomoqqacha shamollashdek boshlandi.
4. Hid va maza sezmay qolganim 2-3 kunidan boshlandi.
5. Eng qizig‘i ishtaha yo‘qolmadi, qaytanga ta’m sezmasam ham xuddi sezayotgandek (ko‘z tegmasin) maza qilib paqqos tushiryapman)).
6. Birinchi kundanoq umuman isitma yo‘q!
7. Kechalari asosan aritmiya va yurak og‘rig‘i bezovta qilmoqda.
8. Kofe va shirinlikdan voz kechdim (juda qiyin bo‘lyapti).
9. Shu 6 kun ichida o‘zimda agressiya kuchayganini sezdim. Bu boshqa tanishlarimda ham shunday ekan. Ya’ni keng ommaga aytilmagan, ammo kimlardadir bo‘layotgan simptomlardan biri jizzakilik, asab.
10. Ertalab uyg‘onib 10-15 minutlik aerobika, nonushta ketidan sink va akva D3, kuniga 3 mahal magne B6 va askorutin, kechasiga trombopol, ko‘p suyuqlik, tarvuz, shipovnik+limon+novvot+turshak damlamasi iste’mol qilmoqdaman", – deb yozib qoldirdi jurnalist.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: koronavirusga chalindi, Sayyod.com, rahbari, Sardor Komilov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя