Главная » 2020 » Март » 25 » Sayyoradagi eng chuqur muzlik eriy boshladi
08:14

Sayyoradagi eng chuqur muzlik eriy boshladi


Sharqiy Antarktikada dunyodagi eng chuqur muzlik eriy boshladi. Muzlik Denman kanonida joylashgan bo‘lib, uni to‘liq egallagan. Agar muzlik to‘liq erib ketsa, dengiz sathi 1,5 metrga ko‘tariladi.

Bu haqda BBC telekanali xabar berdi. 

NASA olimlarining ta'kidlashicha, muzlik erishga moyil hisoblanadi. 

Denman kanoni dengiz sathidan 3,5 ming metr pastroqqacha cho‘zilgan. Mutaxassislarning taxminicha, muzlik unga iliq okean suvi kirib borayotgani natijasida yemirilmoqda.

Olimlarning ta'kidlashicha, agar kanondagi muz to‘liq erib ketsa, dengiz sathi 1,5 metrga ko‘tariladi.

“Bu qanchalik tez yuz beradi? Aytish qiyin, chunki bunda ko‘plab omillar ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, Denman muzligi oqib ketayotgan kanalning torligi uning oqib ketishini sekinlashtirishi mumkin”, deb aytgan NASA xodimi Virjiniya Brankato.

Uning aytishicha, hozir ko‘proq ma'lumot to‘plash va muzlik evolyutsiyasini sinchkovlik bilan kuzatib borish lozim.


Manba: "kun.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя