Главная » 2020 » Июль » 14 » Sayyoramizda Muhammad ismli odamlar qancha?
11:28

Sayyoramizda Muhammad ismli odamlar qancha?


Muhammad ismi butun dunyoda juda ommalashgan. Independent ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoramizdagi 150 million nafar erkak va o‘g‘il bolalarning ismi Muhammad. 

Endi dunyodagi eng ommalashgan ismlardan biri AQShdagi bolalar orasida ham eng keng tarqalgan ismlardan biriga aylandi. BabyCenter sayti ma’lumotlariga ko‘ra, Muhammad ismi o‘g‘il bolalarga qo‘yiladigan eng ommabop 10ta ism ro‘yxatidan joy oldi. 

2013 yilda Muhammad ismi top yuztalikdan joy olgan, biroq hali top o‘ntalikka kirmagandi.

Shuningdek, Buyuk Britaniya va boshqa ko‘pgina davlatlarda ham Muhammad ismi eng ko‘p qo‘yiladigan ismlar qatoridan joy olmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: “Muhammad”ning ma’nosi – to‘xtovsiz, tinimsiz, hamisha maqtaladigan, demakdir. Ya’ni, maqtovga munosib sifatlari, maqtovli xislatlari, maqtovga loyiq amallari va taqdirlanarli ishlari juda ham ko‘p, ulug‘ fazilatlar egasi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ismli, odamlar qancha, Sayyoramizda, Muhammad | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя