Главная » 2020 » Август » 8 » Sayyoramizdagi eng sovuq joy topildi. Unga 17 yil vaqt ketdi
11:20

Sayyoramizdagi eng sovuq joy topildi. Unga 17 yil vaqt ketdi


The Epoch Times nashrining xabar berishicha, eng sovuq joy Antarktidadagi Qirolicha Mod yerining sharqiy qismida joylashgan muz qalqonining cho‘qqisidagi Argus va Fuji gumbazlarini bog‘lovchi muz tizmasida joylashgan. 

U yerda olimlar chuqurligi 2 metrdan 4 metrgacha keluvchi botiqliklarni aniqlashgan. Bu botiqliklarda minus 92-94 darajagacha sovuq havo to‘planadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar bunday haroratda ehtiyotsizlik qilib nafas olinsa, sovuq urish jarohatlarini olish mumkin.

Ekologlar Yerdagi eng sovuq joyni 2003 yildan beri Akva va Landsat 8 sun’iy yo‘ldoshlari yordamida qidirib kelishgan. 

Bungacha Yerda qayd qilingan eng sovuq harorat minus 89,2 daraja hisoblangan. Bunday ekstremal harorat 1983 yilda Antarktikadagi Vostok stansiyasida qayd qilingan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: Sayyoramizdagi, vaqt ketdi, eng sovuq, joy topildi, 17 yil, Unga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя