Главная » 2020 » Сентябрь » 19 » Sayyoraning eng keksa ayoli uzoq umr ko‘rish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
21:43

Sayyoraning eng keksa ayoli uzoq umr ko‘rish bo‘yicha rekord o‘rnatdi


Sayyoradagi eng keksa inson sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan yaponiyalik Kane Tanakening yoshi 117 dan oshganiga 260 kun bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Kanedan avval 2018-yil 117 yoshida vafot etgan yaponiyalik Nabi Tadzima Yer yuzida eng uzoq umr ko‘rgan fuqaro bo‘lgan.

Kane Tanaka 1903-yil 2-yanvarda dunyoga kelgan. Shokolad va gazli ichimliklarni yaxshi ko‘radigan ayol 120 yoshgacha yashashiga umid qiladi.

Ma’lumot uchun, Yaponiya aholisining 80 mingdan ortig‘i 100 yoshdan oshgan fuqarolar, ularning 88 foizi esa ayollardan iborat. 1963-yil mazkur mamlakatda 100 yildan ortiq yashaganlar 153 ta bo‘lgan bo‘lsa, 1981-yilga kelib 1000 ta, 1998-yilda esa 10 mingtani tashkil qilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ko‘rish, eng keksa, rekord o‘rnatdi, umr, ayoli, Uzoq, Sayyoraning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя