Главная » 2016 » Декабрь » 13 » “Se*Tanho” guruhi tiklanmoqda
17:08

“Se*Tanho” guruhi tiklanmoqda


15-dekabr kuni Toshkent restoranlaridan birida Kamila va Leyli “Se*Tanho” guruhi sifatida bir qo‘shiqni jonli premyerasini o‘tkazadi. Afsonaviy “Setora” guruhi qizlari asta tiklanishga qaror qilgan ko‘rinadi, deb yozadi “Sayyod.com”.

Guruh a’zolaridan biri Feruza AQShga ko‘chib ketib, o‘sha yerda turmush qurib farzand ko‘rgach, vaqti-vaqti bilan o‘sha yerdan yangi qo‘shiqlarini taqdim etib kelayotgan edi. Toshkentga kelganida esa uchala qiz muxlislar uchun nostalgik onlarni hadya etib bir restoranda jonli konsert ham taqdim etdi.

Hozirda guruh tarkibidagi Kamila yakkaxon xonanda sifatida ijod qilayotgan Leyli bilan “Se*Tanho” guruhini qisman bo‘lsa-da, tiklashni rejalashtirgan ko‘rinadi.

“Sayyod.com”ning qayd etishicha, “Setora” guruhi o‘z vaqtida o‘zbek estradasida misli ko‘rilmagan mashhurlikka erishgan va hali hanuz birorta guruh shu qadar mashhurlikka erishmagan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Se*Tanho | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя