Главная » 2021 » Январь » 19 » Selfi dardi: 18 yoshli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisini 27 ming volt tok urdi
17:14

Selfi dardi: 18 yoshli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisini 27 ming volt tok urdi


Toshkent shahrida 15 yanvar kuni “selfi“ tushish maqsadida poyezd vagoni ustiga chiqqan 18 yoshli yigitni 27 ming volt tok urdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2002 yilda tug‘ilgan, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi rasmga tushish maqsadida Sergeli bekatining 3-yo‘lida turgan vagon ustiga chiqqan vaqtida 27 ming volt kuchlanishidagi tok urishi oqibatida qattiq jarohatlangan.

Xabarga ko‘ra, bola voqeadan so‘ng, tez tibbiy yordam mashinasida Respubika shoshilinch tibbiy yordam markaziga olib borilgan va jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. 

Ta’kidlanishicha, jarohat jiddiy bo‘lib, fuqaroga tananing 93 foizi 2-3 A, B darajali termik kuyish va 3-darajali bosh miya yopiq jarohati tashhisi qo‘yilgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: uyi, mehribonlik, tarbiyalanuvchisini, Volt, dardi, tok urdi, selfi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя