Главная » 2018 » Апрель » 11 » Sensatsiya. «Barselona» yirik hisobda yutqazib turnirni tark etdi
08:00

Sensatsiya. «Barselona» yirik hisobda yutqazib turnirni tark etdi


«Roma» Chempionlar ligasining chorak finali javob uchrashuvida «Barselona»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Rimdagi «Olimpiko» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va italiyaliklar yarim finalga yo‘l oldi.

O‘yinning 6-daqiqasida Edin Djeko Daniele De Rossining pasidan keyin Mark-Andre ter Shtegen qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. 58-daqiqada rimliklar sardori De Rossi penaltini aniq ijro etib, jamoasi ustunligini oshirdi. O‘yin yakuniga 8 daqiqa qolganida esa Kostas Manolas boshi bilan to‘pni darvozaga yo‘llab, qahramonga aylandi.

Birinchi uchrashuvda «Barselona» 4:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Safardagi gol evaziga «Roma» turnirdagi ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi.

Chempionlar ligasi
1/4 final
Javob uchrashuvlari
Roma Italiya – Barselona Ispaniya 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 6 Djeko, 2:0 – 58, penalti de Rossi, 3:0 – 82 Manolas.
Roma – Alisson, Fasio, Jezus, Kolarov, Manolas, Nainggolan (El-Shaaravi, 77), Florensi, Strotman, de Rossi, Djeko, Shik (Under, 73).
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu (Dembele, 85), Umtiti, Serdji Roberto, Rakitich, Buskets (Pako Alkaser, 85), Inesta (Andre Gomesh, 81), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Fasio (38), Jezus (44), Pike (57), Messi (63), Suares (72).
Birinchi o‘yin: 1:4.


Manba: "kun.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Barselona | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя