Главная » 2020 » Сентябрь » 26 » Sentyabr oyining oxirida O‘zbekistonda qor yog‘adi
16:32

Sentyabr oyining oxirida O‘zbekistonda qor yog‘adi


26-27 sentyabrda mamlakat shimoliga Qozog‘iston orqali Shimoliy Ural ustida shakllangan sovuq antitsiklon tarmog‘i kira boshlaydi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyati va cho‘l zonasida harorat 5-7 darajaga pasayishi kutilmoqda, shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Qolgan hududlarda harorat kam pasayadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Dam olish kunlari havo harorati kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja, shimoliy tumanlarda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 darajani tashkil qiladi. Bunday harorat shu kun me’yorlaridan 3-4 darajaga pastdir.

Keyingi haftaning birinchi yarmida butun respublika hududi ushbu sovuq antitsiklon ta’sirida bo‘ladi.

Bu kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha bulutlilik ortadi, mamlakatning tekislik hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

29-30 sentyabrda baland tog‘li tumanlarda yomg‘irning qorga o‘tish ehtimoli ham bor. Sovuq front o‘tishi natijasida 28 sentyabrda butun respublika hududida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat asta pasayadi va shu kunlarda kechasi 5-10 daraja, shimolda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. Uraldan sovuq havo kirib turishi natijasida respublika bo‘yicha harorat foni o‘rtacha iqlimiy me’yorlardan 5-7 darajaga past bo‘ladi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qor yog‘adi, O‘zbekistonda, sentyabr, oyining oxirida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя