Главная » 2020 » Ноябрь » 27 » Sergelida 10 yashar bola mudhish YTH qurboni bo‘ldi
20:40

Sergelida 10 yashar bola mudhish YTH qurboni bo‘ldi


Kecha, 26 noyabr kuni Sergeli tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 10 yashar bola halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Taxminan soat 13:00 da Lutfukor ko‘chasida avtoyuvish shahobchasida norasmiy ishlovchi 19 yoshli Ulug‘bek N. Cobalt (davlat raqami 10 N 106 RA) rusumli avtomobilda boshqaruvga ruxsat beradigan hech qanday hujjatsiz yo‘lga chiqib, boshqarilmaydigan chorrahada piyodani – 10 yoshli S.M.ni urib yuborgan. S.M. olgan jarohatlari sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

YTHdan so‘ng haydovchi voqea joyini tark etgan.

Mazkur fakt bo‘yicha shu kunning o‘zida, ya’ni 26 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi va 117 moddasi 2 qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ulug‘bek N.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Ta’kidlanishicha, YTH sodir etgan haydovchi avtoyuvish shoxobchasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ishga joylashmagan, shu sababli tergov tomonidan avtoyuvish shoxobchasi rahbariga nisbatan tegishli chora ko‘rish haqida arznoma taqdim etiladi.

Bundan tashqari, dastlabki tergov davomida transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsga boshqaruvni topshirgan avtomobil egasi va boshqa shaxslarning xatti-harakatlariga ham huquqiy baho beriladi.

Tergov davom etmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Bola, qurboni bo‘ldi, Sergelida, Mudhish, YTH | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя