Главная » 2020 » Август » 9 » Sergelida 29 yoshli farg‘onalik ayol "samosud" qilindi. Aybdorlar aniqlandi
16:31

Sergelida 29 yoshli farg‘onalik ayol "samosud" qilindi. Aybdorlar aniqlandi


Internet tarmog‘ida tarqagan videoda 3 nafar ayollar boshqa bir ayolni tahqirlab, uni urayotganlari aks etgan.

Mazkur fakt Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganib chiqildi. Hodisa 7 avgust kuni Sergeli tumanida sodir bo‘lgan. Ayollarning shaxslari aniqlandi. Ular: 41 yoshli farg‘onalik muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131 moddasi 1 qismi (“Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) bo‘yicha sudlangan Mukarram M., 35 yoshli surxandaryolik muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131 moddasi 4 qismi va 169 moddasi 1 qismi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha sudlangan Shaxnoza P. Va 23 yoshli farg‘onalik Shahodatxon K.lar bo‘lgan. Jabrlanuvchi – 29 yoshli farg‘onalik Go‘zalxon E. edi.   

Uch nafar ayollar oldindan til biriktirib va Go‘zalxonni Mukarramning o‘g‘lini sehrlab rom qilganlikda ayblab, uni xo‘rlashgan. Mukarram hodisani telefon orqali videoga tushirib, jabrlanuvchini sharmanda qilish uchun tarmoqqa joylagan.

Mazkur fakt asosida Sergeli tumani prokuraturasi tomonidan 8 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110 moddasi 1 qismi (“Qiynash”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Sergelida, Aybdorlar aniqlandi, 29 yoshli, qilindi, farg‘onalik ayol, samosud | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя