Главная » 2021 » Май » 29 » Serial tamom: Andijonda 6 erkak tomonidan kelinchakning zo‘rlanishi tuhmat bo‘lib chiqdi
15:07

Serial tamom: Andijonda 6 erkak tomonidan kelinchakning zo‘rlanishi tuhmat bo‘lib chiqdi


Avvalroq Andijonda 6 erkak kelinchakni zo‘rlamagan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Andijon viloyatida 6 erkak 5 oylik kelinchakni zo‘rlagani yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi. Kelinchakning ilojsizlikdan yolg‘on ko‘rsatma bergani ma’lum bo‘ldi. Kelin va boshqalarning tuhmat qilganliklari holatiga huquqiy baho beriladi.

IIV Axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan hodisa joyiga zudlik bilan tergov-tezkor guruhi chiqib, videotasvirga olgan holda ko‘zdan kechirilgan va ishga aloqador bo‘lgan barcha ashyolar, jumladan arizachi va gumondorlarga tegishli kiyim-kechaklar olingan.

Tergov harakatlari davomida jabrlanuvchi hamda gumon qilingan shaxslarning barchasi sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilib, olingan ashyolar bo‘yicha sudga oid biologiya, sudga oid kriminalistika, sudga oid tolali materiallarni kriminalistik tekshirish va sudga oid fizika-texnikaviy ekspertizalari tayinlangan.

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchi O.O.ning badanida zo‘rlik alomatlari bilan bog‘liq tan jarohatlari mavjud emasligi, 13-14 haftalik homilador ekani va homilasi rivojlanayotgani aniqlangan.

Sudga oid tolali materiallarni kriminalistik tekshirish ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchi O.O.ning kiyimlarida gumondorlarning kiyimlariga tegishli tolalar mavjud emasligi aniqlangan.     

Jabrlanuvchi O.O. yaqin qarindoshlari va himoyachisi ishtirokida so‘roq qilinganida, uni hech kim zo‘rlab nomusiga tegmaganini, ayrim shaxslar (qonunchilik talablariga asosan shaxs haqidagi ma’lumotlar sir saqlanadi) moddiy manfaatdor bo‘lish evaziga uni zo‘rlab nomusiga tekkani haqida ariza va ko‘rsatma berishga majbur qilganini, agarda ushbu ko‘rsatmani bermasa turmush o‘rtog‘i bilan birga yashattirmasdan, ajratib yuborishini aytgani sababli, ilojsizlikdan yolg‘on ko‘rsatma berganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, ishga aloqador bo‘lgan va guvoh tariqasida so‘roq qilingan shaxslar, hodisa kuni jabrlanuvchi O.O.ga tegishli bo‘lgan shiypon atrofida begona erkaklarni ko‘rmaganini hamda dala shiyponidan ayol kishining yordam so‘rab baqirgan ovozini eshitilmaganini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan tergov harakatlari davomida jabrlanuvchi O.O. ma’lum qilgan besh nafar shaxslar voqea sodir bo‘lgan kuni hodisa joyida, ya’ni jabrlanuvchi O.O.ga tegishli bo‘lgan dala shiyponida umuman bo‘lmaganliklari aniqlangan.

Tergov harakatlari davomida to‘plangan inkor qilib bo‘lmas dalillarga asosan fuqaro O.O.ning zo‘rlangani to‘g‘risidagi vajlari o‘z tasdig‘ini topmagani sababli, jinoyat ishining gumon qilinuvchilarga tegishli qismini JPKning 83-moddasiga (jinoiy hodisa yuz bermagan yoki shaxsning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa) asosan tugatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Hozirda fuqaro O.O. va boshqalarning tuhmat qilganliklari holatiga huquqiy baho berish maqsadida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tuhmat, Serial, zo‘rlanishi, Andijonda, Tamom, kelinchakning | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя