Главная » 2018 » Июнь » 18 » Seshanba kungi ob-havo ma’lumotlari bilan tanishing
00:09

Seshanba kungi ob-havo ma’lumotlari bilan tanishing


Ertaga, 19 iyun kuni Respublikaning barcha hududlarida qanday ob-havo kuzatilishiga oid ma’lumotlar bilan tanishing.

Toshkentda havo harorati kechasi +19...+21, kunduzi +35...+37 daraja issiq bo‘ladi. Shamol tezligi 12-17 m/s ga yetib, biroz bulutli bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida havo bulutli bo‘lib, kechasi +17...+22, kunduzi +32...+37 daraja issiq bo‘ladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esadi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +17...+22, kunduzi +33...+38 daraja bo‘lib, havo o‘zgarib turadi. 12-17 m/s tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi +18...+23, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esib turadi.

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +19...+24, kunduzi +34...+39 darajagacha ko‘tariladi. Yomg‘ir yog‘maydi, 12-17 m/s tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo kechasi +18...+23, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi. Havo biroz bulutli bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida yomg‘ir yog‘ishi kutiladi.

Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi +12...+17, kunduzi esa +20...+25 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 12-17 m/s tezlikda shamol esib , yomg‘ir yog‘ishi kutiladi.

Sunnatilla Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: seshanba, ma’lumotlari, tanishing, bilan, ob-havo, kungi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя