Главная » 2020 » Июнь » 27 » Shaharlarga “I Love...” bag‘ishlagan odam olamdan o‘tdi
19:56

Shaharlarga “I Love...” bag‘ishlagan odam olamdan o‘tdi


Bugun sir emas, dunyoning ko‘plab davlatlariga sayohat qilar ekansiz, kirib borgan shahringiz ostonasida "I Love...” jumlasi va ortidan shahar nomi keltirilgan jumlaga ko‘zingiz tushmasa. Jumladan, O‘zbekistonning deyarli barcha tuman va shaharlarida ham xuddi shu dizayn qo‘llaniladi.

Bu dizayni o‘zi qayerdan kelib chiqqan va uni kim ixtiro qilgan. Ushbu jumlalar muallifi amerikalik Milton Gleyzer bo‘lib, u dunyoda ilk bor “I Love NY” jumlalarini kashf etgan edi. Bugun, 27 iyun kuni ushbu ijodkor olamdan o‘tdi. Bu haqda “The New York Times” xabar bermoqda.

Nyu-York logotipi muallifi va Nyu-York jurnaliga asos soluvchilardan biri bo‘lgan amerikalik grafik dizayner Milton Gleyzer 91 yoshida vafot etdi.

Dizaynerning rafiqasiga tayanib, nashrning yozishicha, o‘lim sababi insult bo‘lgan. Glazer, shuningdek, buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekkan.

Gleyzer “New York Magazine” jurnali asoschilaridan biri sifatida tanilgan va 1977 yilgacha uning Prezidenti bo‘lgan.

Dizaynerning taniqli asarlari orasida 1967 yilda mashhur shaxs Bob Dilan uchun ishlangan poster mavjud. Glazer 1977 yilda sayyohlikni targ‘ib qilish maqsadida “I Love New York” logotipini yuzaga keltiradi. Logotip Amerika pop madaniyatining bir qismiga va Nyu-Yorkning taniqli ramziga aylandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Shaharlarga, “I Love...”, olamdan o‘tdi, bag‘ishlagan odam | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя