Главная » 2021 » Май » 20 » Shahrisabz hokimi qabuliga borgan ayol “jinnixona”ga joylashtirildi
18:46

Shahrisabz hokimi qabuliga borgan ayol “jinnixona”ga joylashtirildi


Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida hokim qabuliga shikoyat bilan borgan ayol jamoatchilik tartibini saqlash bahonasida bir kun majburiy tartibda asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi. Holat yuzasidan Shahrisabz shahar hokimligi Matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1964 yilda tug‘ilgan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro Nodira O‘rinovaning videomurojaatda bildirgan ko‘rsatmasi bo‘yicha Shahrisabz shahar hokimligi axborot xizmati tomonidan o‘rganish olib borilmoqda.

O‘rinova Nodiraning videomurojaati yuzasidan Shahrisabz shahar hokimligida ishchi guruhi tuzilgan.

“Shahrisabz shahar mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan, shahar kengashi deputati Shahlo Rahmonova shu yilning 29 aprelida egallab turgan vazifasidan ozod qilingan. O‘rganish natijalari haqida albatta xabardor qilamiz”, deyiladi xabarda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ayol, hokimi, Shahrisabz, jinnixona | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя