Главная » 2020 » Апрель » 3 » Shahrisabzda er rashk tufayli xotinini o‘ldirdi
14:00

Shahrisabzda er rashk tufayli xotinini o‘ldirdi


Shahrisabzda raksh tufayli turmush o‘rtog‘ini arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan er hibsga olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, shu yilning 1 aprel kuni kunduz taxminan soat 12:00 larda shaharning “Teparlik” mahallasida yashovchi qirq olti yoshli U.Q. turmush o‘rtog‘i G.S. (1981 y.t.) bilan rashk negizida o‘zaro janjallashib qolgan. Buning oqibatida er avval ayolini stulga majburan o‘tkazib, qo‘l va oyoqlarini bog‘lab tashlaygan. So‘ng arqon bo‘laginining bir uchini uning bo‘yin sohasidan o‘tkazib (bo‘g‘ib) qasddan o‘ldirgan.

Holat bo‘yicha shu kunning o‘zida Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan “qasddan odam o‘ldirish” (JK, 97-modda 1-qismi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя