Главная » 2016 » Октябрь » 24 » Shahvoniy fikrlardan tiyilish uchun nima qilish kerak?
13:25

Shahvoniy fikrlardan tiyilish uchun nima qilish kerak?


Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YuNUSXON o‘g‘li javob beradi.

 

— Savolim shundan iborat: bo‘ydoqlar shahvoniy xayollarga berilib ko‘p gunoh ishlar qilib qo‘yishmoqda. Bunday narsalardan saqlanish uchun nimani tavsiya qilasiz?

— Avvalo, balog‘atga yetgan va oilasini nafaqa bilan ta’minlay oladigan yigitlar uylanishlari kerak. Mana shu masalaning eng yaxshi yechimidir. Uylanishga qodir bo‘lmasalar, nafl ro‘za tutib yuradilar. Shu yo‘l bilan shahvoniy hirslari oz bo‘lsa-da bosiladi. Shuningdek, Qur’on o‘qish, Allohni zikr qilish, o‘limni ko‘p eslash shahvatni kesadi, qalbda Allohdan qo‘rqish hisini paydo qiladi. Alloh bizni doim ko‘rib-kuzatib turganini unutmaylik, hozir qilayotgan gunohlarimiz uchun qiyomatda, albatta, javob beramiz. Hech bir xatti-harakatimiz e’tibordan chetda qolmaydi! 


Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Shahvoniy, Shahvoniy fikrlar, fikrlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя