Главная » 2020 » Апрель » 6 » Shahzoda 6 yil “zapret”da bo‘lishiga aslida otasi sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi
17:14

Shahzoda 6 yil “zapret”da bo‘lishiga aslida otasi sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi


Xonanda Shahzoda “Milliy TV” telekanalining “Nishonda” ko‘rsatuviga bergan intervyusida ilk marta 6 yillik “zapret” sabablari haqida gapirdi.         ,

Ko‘rsatuv boshlovchisining “ ‘Zapret’ga tushishingizga otangiz sababchi bo‘lganmi?” degan savoliga Shahzoda “ha” deb javob bergan.

“Bu aslida siyosiy taqiq edi. Biz undan munosib tarzda o‘tib oldik. Taqiq 6 yil davom etdi. Bu paytda men Rossiya shou-biznesida faol ishladim. Ko‘pchilik Rossiyaga ketganimdan keyin menga taqiq qo‘yilgan deb o‘ylaydi, yo‘q bunday emas. Shunchaki, menga O‘zbekistonda taqiq qo‘yilganidan keyin, Rossiyadan juda ko‘p takliflar kela boshladi va men bundan unumli foydalandim. Umuman olganda, bugun o‘sha kunlar haqida shunday deyman: Olloh bitta kichkina narsani bizdan olsa, o‘rniga katta narsani beradi. Bizning hayotimizga nisbatan uning o‘z rejalari bor. Mehnat, sabr va oldinga qo‘yilgan maqsad bir kuni samarasini beradi”, — deydi Shahzoda.

Xonanda, shuningdek, oilasi haqida ham ma’lumot berdi:

“Ota-onam ajrashib ketishgan. Otam falsafa fanlar doktori, ular butun umr partiyada ishlagan. U dastlab nomzodlik dissertatsiyasini, keyin doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Biz muntazam ravishda ko‘chib yurardik. Men Moskvada o‘qiganman, shuning uchun rus tilida gapirish menga qulayroq. Onam rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. Hozir onam men bilan yashaydi, otam alohida o‘zi yashaydi. Yana akam bor, u ham oilali”, — deydi xonanda.

Avvalroq Munisa Rizayeva Gulnora Karimovaning “zapret”idan so‘ng o‘zini osib o‘ldirmoqchi bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя