Главная » 2017 » Март » 16 » Shahzoda bilan Rayhon bo`lmaganida nima qilar edinglar?
15:19

Shahzoda bilan Rayhon bo`lmaganida nima qilar edinglar?


Shahzoda hamkasbi Rayhon bilan munosabatlari haqidagi savollarga nuqta, hatto undov(!) belgisi qo`yish payti kelganini ma`lum qildi.

Xonanda Shahzoda “Shok.uz” saytiga intervyu berdi. Suhbat davomida Shahzodaga, tabiiyki uning Rayhon bilan munosabatlari haqidagi savollar ham berildi. Shahzoda bu savollarga javob berar ekan, “Shahzoda va Rayhonsiz nima qilar edinglar?” deya xazilomuz kinoya qildi.

Xonanda Rayhon bilan duet kuylamasligini va u bilan nima sababdan oralaridan ola mushuk o`tgani sabablariga to`xtalib, ortda qolgan og`riqlarni eslashni istamasligini aytib o`tdi.

“Dugona shunday bo`lishi kerakki, boshingga ish tushganda u hamisha yoningda bo`lishi kerak. Butun dunyo seni qoralab, senga qarshi bo`lib turgan paytda ham u sen tomon bo`lishi kerak. Inson boshiga og`ir sinov tushganida yaqin do`stlarining mehrini, qo`llab-quvvatlashini istaydi. Mening boshimga tushgan og`ir kunlarda esa yonimda turmush o`rtog`im, yaqin do`stim Davron bo`lishdi”,—deydi Shahzoda Rayhon uning boshiga og`ir kunlar tushganida dilini og`ritgani haqidagi savolga javob berar ekan.

Shahzoda Rayhonning onasi, marhum aktrisa Tamara Shokirovani juda qattiq hurmat qilishini ma`lum qildi:

“Rayhon haqida gapirar ekanman, bir narsani aytishni istardim: Men uning onasi Tamara opani juda yaxshi ko`rardim va haligacha yaxshi ko`raman. Biz u bilan do`stlashib yuorgan paytimizda, ularnikiga borganimda men ko`proq Rayhonning onasi bilan suhbatlashardim. Tamara opaning ham hayoti silliq kechmagan. U menga hayotida yuz bergan turli qiyinchiliklar, baxtli hodisalar haqida ko`p narsalar gapirib berardi. Men bu ayolning irodasi, bardoshidan ilhomlanardim. Bu ayolni juda hurmat qilardim va hurmat qilaman”.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Rayhon, Shahzoda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя