Главная » 2020 » Июнь » 18 » Shahzoda Matchonova ajrashgani hamda bola asrab olish istagi haqida so‘zlab berdi
23:02

Shahzoda Matchonova ajrashgani hamda bola asrab olish istagi haqida so‘zlab berdi


Aktrisa Shahzoda Matchonova Instagram sahifasidagi Stories orqali muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi. Savollar orasida aktrisaning shaxsiy hayoti haqidagilari ham bo‘ldi.
Muxlislar bilan savol-javob bo‘lgan-bo‘lmagan tarzda o‘tkazildi. Ya’ni Shahzoda folloverlarining savollariga bo‘lgan yoki bo‘lmagan deya javob qaytardi.
Muxlislardan biri unga “Ajrashganmisiz?” deb savol berganida u “bo‘lgan” deya javob berdi.
Shuningdek, aktrisa mehribonlik uyidan bola asrab olish istagi ham bo‘lgani haqida yozdi.
Aktrisaga “Yoshligingizda bitlaganmisiz?” degan savol ham berildi.  “Bo‘lgan, u kunlarni yaxshi eslayman”, — deb javob berdi aktrisa.
Shuningdek, ushbu savol-javoblardan unga turmush o‘rtog‘i hech qachon qo‘l ko‘tarmasligi ham oydinlashdi.
Shahzoda Matchonova amerikalik kino yulduzlaridan Nikol Kidman bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan.
Aktrisa talabalik paytida jamoat transportida yurgani, bir marta qo‘lidan sumkasini o‘g‘irlab ketishgani haqida ham so‘zlab berdi.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Shahzoda Matchonova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя