Главная » 2017 » Январь » 3 » Shahzoda Matchonova turmush o‘rtog‘i bilan birga yashayaptimi?
18:00

Shahzoda Matchonova turmush o‘rtog‘i bilan birga yashayaptimi?


Aktrisa Shahzoda Matchonova Instagram’dagi sahifasida turmush o‘rtog‘i bilan birga tushgan suratini e’lon qildi. Suratda ular yemakxonada birga o‘tirib, telefon ko‘rayotgani aks etgan.

Qayd etish joiz, aktrisa shu vaqtgacha ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida turmush o‘rtog‘i bilan birga tushgan suratlarini hech e’lon, hatto, to‘y oqshomidan fotolarni ulashmagan edi.

Darakchi.uz” va “Qalampir.uz”larning yozishicha, Shahzoda Matchonova u haqda: “O‘zi to‘ydan keyin turmush o‘rtog‘i bilan yashayaptimi?”, qabilida gap-so‘z chiqargan odamlarga javob qaytargan.

Eslatib o‘tamiz, aktrisa Shahzoda Matchonova 2016-yil 25-noyabr kuni turmushga chiqqan edi. Uning turmush o‘rtog‘i haqida turli xabarlar tarqaldi — ba’zi manbalarda uning ismi Omar va san’at sohasi vakili ekani aytilgan bo‘lsa, boshqalar uning Muzaffar ismli futbolchi ekanini yozib chiqdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Shahzoda Matchonova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя