Главная » 2017 » Апрель » 14 » Shahzoda Muhammedova Captivasi ustiga 600 dollar qo`yib ketgan yigitni qidirmoqda
08:25

Shahzoda Muhammedova Captivasi ustiga 600 dollar qo`yib ketgan yigitni qidirmoqda


Aktrisa, xonanda va dizayner Shahzoda Muhammedova avtomobili ustiga har safar sirli sovg`alar tashlab ketadigan g`oyibona oshig`i haqida “Sayyod” nashriga bergan intervyusida so`z yuritdi.

“Yaqinda bir qiziq voqea bo`ldi. Dugonalarim bilan ofisimda suhbatlashib o`tirgan edik. Shu payt homilador dugonalarimdan biri isib ketyapman, deb qoldi. Eshikni ochayotganimda tashqarida turgan mashinamning ustida paketda ichida nimadir turganini ko`rib qoldim. Pastga tushib qaradim, paketni olib, pastga qo`ydim. Keyin qarasam paket ichida tort bor ekan. Tort non-ku, uvol bo`lmasin deb uni ichkariga olib kirdim.

Paketni ochdik, korobkali tortni ustida ikkita shilliqqurtni rasmi bor yurak shaklidagi otkrtka turibdi. Otkrtkani ichidan esa 600$ dollar chiqdi”,—deb hikoya qiladi Shahzoda.

“Agarda o`sha inson kelib, o`zini tanishtirib, ‘O`sha pul meniki edi’, desa pulni qaytarib beraman”,—deydi aktrisa.“Uning kimligini bilolmadim. Men shu paytgacha hech kimdan qarz bo`lmaganman, mendan ham qarz bo`lishmagan”.

Aktrisaning aytishicha, kuzatuv kameralari uning mashinasi ustiga paket qo`yib ketilishi aks etgan holatni yozib olgan. Biroq tasvirlarda paketni qoldirib ketgan yigitning yuzi ham, uning avtomobili raqami ham ko`rinmagan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Shahzoda Muhammedova, Dollar, Captiva | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя