Главная » 2017 » Апрель » 12 » Shahzoda Muhammedova kameralar ishga tushganidan so`ng har kuni jarima to`layotganini ma`lum qildi
12:50

Shahzoda Muhammedova kameralar ishga tushganidan so`ng har kuni jarima to`layotganini ma`lum qildi


Aktrisa, xonanda va dizayner Shahzoda Muhammedova Toshkent shahridagi chorrahalarda kameralar ishga tushganidan keyin har kuni 300 ming so`m jarima to`layotganini ma`lum qildi.

“Iltimos, YHXB xodimlari uyimga hadeb xat jo`natavermanglar endi! Deyarli har kuni 300 ming so`m jarima to`layapman. Ha, aytgancha biz vaqtinchalik bu uyimizdan ko`chib ketyapmiz boshqa uyga. Ko`chadagi svetoforga o`rnatilgan kameralarni kuzatayotgan akalar, iltimos yaxshilab qaranglar endi. Men to`xtash chizig`ini bosganimdan keyin aybimni bilib orqaga qaytib keyin to`g`ri turib olayotganimni ham hisobga olinglar—deb yozadi Shahzoda Instagram`dagi sahifasida.

Aktrisa o`z postida shuningdek, kameralar tomonidan qayd etilayotgan qoidabuzarliklarga belgilangan jarimalar ham qimmatligini yozib qoldirdi.

“Sharoiti og`ir insonlar ham borku. Ular nima qilayotgan ekan. Adolatli jarima belgilansin aholiga”,—deydi aktrisa.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: jarima, Shahzoda Muhammedova, kamera | Рейтинг: 2.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя