Главная » 2017 » Июль » 24 » Shahzoda Muhammedova va Dilorom Omonullayeva mojarosi “O‘zbekiston” telekanalida ko‘rsatildi
18:24

Shahzoda Muhammedova va Dilorom Omonullayeva mojarosi “O‘zbekiston” telekanalida ko‘rsatildi


Avvalroq, xususiy filmlardagi rollari bilan yaxshiga tanilgan aktrisa Shahzoda Muhammedova O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori Dilorom Omonullayevani haqorat qilgani, uni razil inson, ruhiy kasal, deb ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozgani bilan bog‘liq mojaro “O‘zbekiston” telekanali orqali efirga uzatiladigan “Uchburchak” tok-shousida muhokamaga qo‘yilishi haqida xabar bergan edik.

Jurnalistlar Nozima Vohidova va Nilufar Umrzoqova muallifligidagi mazkur ko‘rsatuv teledasturlar ro‘yxatida belgilangan vaqtda – 20 iyul kuni soat 20:05 da efirga uzatilmadi. Bunga telekanal ijodkorlari ham, ko‘rsatuv mualliflari ham aniqlik kiritgani yo‘q. Dasturning ushbu soni 22 iyul kuni soat 22:00 da efir yuzini ko‘rdi.

Unda Shahzoda Muhammedova va Dilorom Omonullayeva mojarosiga haminqadar yondashilgan lavha efirga uzatildi, biroq ko‘rsatuv ishtirokchilari muhokamasiga qo‘yilgani yo‘q. Ushbu ko‘rsatuvdan o‘rin olgan lavhani tahririyatimizga bo‘lgan murojaatlarni inobatga olgan holda YouTube’dagi rasmiy kanalimizga joylashtirdik.

Mazkur lavhada O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Bastakorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi mudiri, dotsent, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Oydin Abdullayeva, “Nihol” mukofoti sovrindori Madina Mumtoz bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Dilorom Omonullayeva, Shahzoda Muhammedova, telekanali, mojarosi, ko‘rsatildi, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя