Главная » 2016 » Декабрь » 13 » Shahzoda salati - kelinchaklar yon daftariga!
17:08

Shahzoda salati - kelinchaklar yon daftariga!


Zarur masalliqlar: 500 gr. qaynatilgan mol go‘shti, 1 stakan yong‘oq mag‘zi, 6 ta tuzlangan bodring, 4 dona qaynatilgan tuxum, 3 bo‘lak sarimsoqpiyoz, mayonez, ko‘katlar.

Tayyorlanishi: 1. Tuzli suvda qaynatilgan go‘shtni uzun-uzun qilib yupqalab to‘g‘rang. Tuzlangan bodringni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Sarimsoqpiyozni ezib qo‘shing.

2. Qaynatilgan tuxumni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing.

3. Maydalangan yong‘oq mag‘zini qizdirilgan quruq tovada qovurib oling.

4. Masallliqlarni likopchaga quyidagi tartibda joylang.

Go‘sht+mayonez+bodring+mayonez+tuxum+mayonez+yong‘oq. Dasturxonga tortishdan avval biroz muddat muzlatkichda qo‘yishingiz  mumkin.

4 kishilik.

25 daqiqa. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Salat, Shahzoda salati | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя