Главная » 2017 » Июль » 18 » Shahzodaning Dilorom Omonullayevaga nisbatan haqorati bo‘yicha “O‘zbekiston” kanalida ko‘rsatuv tayyorlanyapti
17:09

Shahzodaning Dilorom Omonullayevaga nisbatan haqorati bo‘yicha “O‘zbekiston” kanalida ko‘rsatuv tayyorlanyapti


Xabaringiz bor, aktrisa Shahzoda Muhammedova ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, bastakor Dilorom Omonullayevani yoshlarga qo‘pol munosabatda ayblab, haqorat qilgan edi. Muhammedova o‘z iddaolarida Omonullayevani razil inson, ruhiy kasal deb, pora olishiga sha’ma qildi. Shahzoda Muhammedovaning bu qilg‘ilig‘i ziyolilar, madaniyat va san’at olamining ko‘zga ko‘ringan vakillari g‘azabini oshirdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “O‘zbekiston” teleradiokanali jurnalistlari Nozima Vohidova va Nilufar Umrzoqova muallifligidagi “Uchburchak” nomli tok-shouning navbatdagi sonida aynan Dilorom Omonullayeva va Shahzoda Muhammedova o‘rtasidagi mojaralar muhokama qilinadi. Mazkur voqealarning kuzatuvchisi sifatida “Qalampir.uz” sayti xodimlari ham ko‘rsatuvda ishtirok etib, o‘z fikrini bildirish uchun taklif etildi. Biroq Shahzoda Muhammedova tomonidan talab qilingan tushunarsiz (Aktrisa vaziyatga xolis yondashishni talab qilmoqda. Masalaga xolis yondashgan holda uning haqoratlari qonunga zid ekanini yozib chiqsak, bizni yana noxolislikda ayblamoqda.) xolislikni saqlagan holda ko‘rsatuvda ishtirok etmaslikka, muhokamani boshqalarga qo‘yib berishga qaror qildik.

Xabar qilishlaricha, muhokamada O‘zbekiston xalq artisti Munojat Yo‘lchiyev, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘qituvchisi, bastakor Oydin Abdullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Gulbahor Erqulova, Manzura Yo‘ldosheva, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Mashhurbek Raimjonov va Madina Mumtoz ishtirok etadilar. Ko‘rsatuv uchun tayyorlanayotgan lavhada Dilorom Omonullayeva va Shahzoda Muhammedova ham o‘z fikrlarini ochiq bayon etishlari kutilmoqda.

Avvalroq, ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Bastakorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi mudiri, dotsent, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, xalqaro tanlov va festivallar g‘olibi, bastakor Oydin Abdullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Gulbahor Erqulova, Dilnoza Ismiyaminova, “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldosheva o‘z fikr-mulohazalarini bildirishgan edi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Dilorom Omonullayeva, Shahzoda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя