Главная » 2016 » Декабрь » 3 » Shamollashga qarshi reseptlar
11:37

Shamollashga qarshi reseptlar


Shamollashning ilk belgilari paydo bo‘lishi zahoti bir bosh piyozni maydalab, 1 piyola asal bilan aralashtiring va aralashmadan kuniga 4 marta 1 choy qoshiqdan qabul qiling.

Tumov bezovta qilganda esa moychechakni 20 daqiqaga damlab qo‘ying. Tingach, unga 3 stakan qaynagan suv solib,  bug‘idan og‘zingiz bilan  nafas oling. Muolajani uxlashdan avval bajaring.  

Shamollash asoratsiz kechishini istasangiz, o‘rtacha kattalikdagi piyozni qirg‘ichdan chiqarib, ustidan yarim litr qaynab turgan sut soling, 20 daqiqaga iliq joyda qo‘yib tindiring. So‘ngra suzgichdan o‘tkazib, sutning yarmini yotishdan avval iching. Tongda esa qolgan yarmini iching. Muolajani 2-3 kun davomida takrorlang.

Tana harorati ko‘tarilganda, anor suvi va malinali choy isitma tushirishga yordam beradi. Ko‘proq suyuqlik iching, bu tanadagi toksinlarni yuvib tushiradi.

3 osh qoshiq mayda ezilgan piyozni 50 gr. qaynagan suvga soling, yarim choy qoshiq asal qo‘shing va 30 daqiqa tindiring. Bu damlama bilan burningizni chaying.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Reseptlar, Shamollashga qarshi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя