Главная » 2018 » Апрель » 16 » Sharq guruhining yakkaxon konsert dasturidan batafsil
13:07

Sharq guruhining yakkaxon konsert dasturidan batafsil


Mahoratli ijodkorlardan iborat bo‘lgan Sharq guruhi a’zolari Sarvar va Tatyana 2008 yil birgalikda ijod qilishni boshlashgan edi. Buni qarangki, bir zumda oradan 10 yil o‘tibdi.

Ijodlarini 10 yilligi munosabati bilan Sharq guruhi “Istiqlol” san’at saroyida o‘zlarining ilk yakkaxon konsert dasturlarini namoyish etishdi. Guruhning“Ikki yurak” nomli jonli ijrodagi konsert dasturi a’lo darajada bo‘lib o‘tdi. Konsert yorqin va unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.

Dasturga yuqori darajada va puxta tayyorgarlik ko‘rilganini dasturning har onida anglash mumkin. Qo‘shiqlar uchun maxsus sahna ko‘rinishlari, raqslar, dekoratsiyalar, jonli ijrodagi sevimli taronalari tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi. Konsertda 22 ta qo‘shiq ijro etildi. Jumladan barchaning sevimli taronalariga aylangan “Sevgilim”, “Buxara”, “Sen”, “Otmagay tong”, “, “Palov”, “Yolg‘izim”, “Bu yurak” va boshqa ko‘plab kompozisiyalar ijro etildi. Dasturda Farruh Zokirov, Nasiba Abdullayeva, Karen Gafurjanov, Jenisbek Piyazov ham ishtirok etishdi.


Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Sharq guruhi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя