Главная » 2017 » Декабрь » 8 » "Sharshara" kolbasalariga eshak go`shti qo`shilgani aniqlandi
18:32

"Sharshara" kolbasalariga eshak go`shti qo`shilgani aniqlandi


“Sharshara” nomli go`sht mahsulotlariga eshak go`shti qo`shilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Xabarga ko`ra, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar va Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Xorazm viloyatidan Toshkent shahriga 69,6 kg eshak go`shti poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan «GOLD PREMIUM PRODUCT» MChJga qarashli “Sharshara” nomli go`sht mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga o`tkazish uchun olib kelinganligi aniqlangan.

Ushbu go`sht sex ishchilari tomonidan boshqa go`sht mahsulotlariga qo`shilganligi aniqlanib, sexda mavjud bo`lgan 275 kg go`sht mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan.

Tegishli mutaxassislarning xulosasiga ko`ra, olib qo`yilgan go`sht mahsulotlari iste`molchilarning sog`ligi va hayoti xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortishga qaratilgan zarur tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: "darakchi.uz"
Категория: Salomatlik | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя