Главная » 2018 » Апрель » 12 » Shavkat Mirziyoev 42 turdagi lisenziyalash va ruxsat berish tartibini bekor qiluvchi farmonni imzoladi
08:01

Shavkat Mirziyoev 42 turdagi lisenziyalash va ruxsat berish tartibini bekor qiluvchi farmonni imzoladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ​"Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzola​di va bu O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini yuritish ishini ancha yengillashtirmoqda.

​Tadbirkorlik faoliyatining ayrim sohalarida bir necha turdagi lisenziyalarni va ruxsat berish tusidagi hujjatlarni olish talab etiladiki, bu tadbirkorlik sub’ektlari uchun ortiqcha sarsongarchilik va moliyaviy xarajatlarni orttiradi. Farmon bilan lisenziyalar va ruxsat berish tusidagi hujjatlarni olish mexanizmini soddalashtirish maqsadida, shuningdek 38 turdagi lisenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini 17 turga birlashtirish nazarda tutilmoqda.

Byurokratik g‘ovlarni olib tashlash, tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik faoliyati sohasidagi 25 turdagi lisenziyalar va ruxsat berish tusidagi hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari ichki rasmiylashtirish tartib-taomillarini maqbullashtirish evaziga qisqartirilmoqda, shuningdek 9 ta turdagi faoliyatni lisenziyalash tartibi lisenziyalash bo‘yicha funksiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan tegishli davlat organlariga topshirish yo‘li bilan soddalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, 5 turdagi lisenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish funksiyalar respublika davlat boshqaruv organlaridan ularning hududiy boshqarmalariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, Farmonda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi 19 turdagi lisenziyalarni va ruxsat berish tusidagi hujjatlarni olish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Muhim yangiliklardan biri bu tibbiyot va farmasevtika faoliyati, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish, shuningdek, ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari va teleradioeshittirishlarni tarqatish tarmoqlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish huquqini beradigan lisenziyalardan tashqari, faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan barcha lisenziyalar ularning amal qilish muddati cheklanmagan holda berilishidir.​

Davlat siyosatining belgilanayotgan muhim ustuvorliklari va asosiy vazifalaridan kelib chiqib, huquqni qo‘llash amaliyotini, milliy qonunchilik va xorijiy mamlakatlarning qonunchiligini tahlil qilish asosida, mazkur hujjat bilan 42 turdagi lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini bekor qilish nazarda tutilmoqda.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Shavkat Mirziyoev | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя