Главная » 2017 » Июнь » 16 » Shavkat Mirziyoev: FHDYo hujjatisiz shar`iy nikoh o`qiganga, agar u vallomat bo`lsayam, jinoiy jazo beriladi
14:09

Shavkat Mirziyoev: FHDYo hujjatisiz shar`iy nikoh o`qiganga, agar u vallomat bo`lsayam, jinoiy jazo beriladi


Prezident Shavkat Mirziyoev kuni kecha Simpoziumlar saroyida bo`lib o`tgan anjuman doirasida nutq so`zlar ekan, jamiyatimizda uchrab turgan ko`pxotinlik illatiga ham to`xtalib o`tdi.

“Bugun hayotimizda "ZAGS", ya`ni, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan o`tmasdan turib, pul evaziga yashirincha shar`iy nikoh o`qitish, xotin ustiga xotin olish holatlari ham, ming afsuski, uchrab turibdi.

Bir paytlar hayotning o`zi rad etgan kundoshlik, qo`shxotinlik balosi qanday xunuk oqibatlarga olib kelishi barchamizni tashvishga solishi kerak. Atoqli adibimiz Abdulla Qodiriy “O`tkan kunlar” romanida kundoshlik tufayli butun bir oila boshiga tushgan fojialarni juda ta`sirchan tasvirlab bergani nahotki saboq bo`lmagan bo`lsa?

Axir, tegishli davlat idorasida qonuniy qayd etilmagan “nikoh”dan tug`ilgan farzandlarning taqdiri, kelajagi ertaga nima bo`ladi? Tabiiyki, davlat qonunlari bo`yicha ular ko`pgina huquqlardan mahrum bo`lib qoladi. Xususan, otalikni belgilash, tug`ilganlik to`g`risida guvohnoma olish, meros huquqi, o`sib-ulg`ayganidan keyin bog`chaga, ta`lim muassasalariga qabul qilish masalalarida qanchadan-qancha muammolar paydo bo`ladi.

Eng yomoni, bunday bolalar ruhan majruh bo`lib, turli ma`naviy nuqsonlar bilan voyaga etadi. Ular o`zini jamiyatning to`laqonli a`zosi deb his etolmaydi.

Hurmatli imom-xatiblar, sizlar Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan berilgan hujjatni ko`rmasdan turib, turli boyvachchalarga shar`iy nikoh o`qib berayotganingizda mana shunday ishingiz oilalarga qanday baxtsizlik, jamiyatga qanday katta muammo olib kelayotganini loaqal tasavvur qilasizlarmi o`zi?!

Hozirgi kunda hayotimizda avj olayotgan ana shunday xunuk, yaramas holatlarga chek qo`yish maqsadida alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Bu qonunda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan berilgan hujjatga ega bo`lmagan shaxslarga shar`iy nikoh o`qigan har qanday mullaga, agar u vallomat bo`lsayam, jinoiy jazo berish ko`zda tutiladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: shariy nikoh, Shavkat Mirziyoev, jinoiy jazo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя