Главная » 2017 » Август » 21 » Shavkat Mirziyoev Hindiston Prezidentiga hamdardlik bildirdi
10:31

Shavkat Mirziyoev Hindiston Prezidentiga hamdardlik bildirdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Hindistonda yuz bergan kuchli suv toshqinlari hamda Uttar-Pradesh shtatida sodir bo‘lgan temir yo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindga chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta yakunida Hindiston shimolida kuzatilgan kuch suv toshqinlari oqibatida 200 dan ziyod kishi qurbon bo‘lgan edi. Tabiiy ofat shuningdek, Nepal va Bangladeshda ham katta talofatlarni keltirib chiqargan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: hamdardlik, Shavkat Mirziyoev, bildirdi, Hindiston Prezidentiga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя