Главная » 2017 » Август » 21 » Shavkat Mirziyoev Ispaniya qiroliga hamdardlik bildirdi
11:02

Shavkat Mirziyoev Ispaniya qiroliga hamdardlik bildirdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ispaniya Qiroli Filip VI ga Barselona shahridagi terroristik xurujda bir qancha insonlar halok bo‘lgani sababli ta’ziya bildirdi.

Prezident qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini izhor etdi, jarohatlanganlarga tez fursatda sog‘ayishni tiladi.

Avvalroq, 17 avgust kuni Ispaniyaning Barselona shahridagi sayyohlar ko‘p harakatlanadigan Rambla ko‘chasida mikroavtobus yo‘lovchilar ustiga bostirib borgani, buning natijasida 13 kishi halok bo‘lgani hamda 100 ga yaqin odam jiddiy jarohatlangani haqida xabar bergan edik.

Zohirshoh Jo‘raev

 

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ispaniya, qiroliga, Shavkat Mirziyoev, hamdardlik bildirdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя