Главная » 2018 » Июнь » 13 » Shavkat Mirziyoev: «Prezident aytdi deb to‘yni to‘xtatish, bu Prezidentga xiyonat»
09:25

Shavkat Mirziyoev: «Prezident aytdi deb to‘yni to‘xtatish, bu Prezidentga xiyonat»


Prezident Shavkat Mirziyoev Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi davomida Yoshlar ittifoqining viloyat kengashi raisini savolga tutib, vodiyda to‘y kortejini to‘xtatib, kelin-kuyovni taksiga o‘tqazib yuborgan Yoshlar ittifoqi rahbarining harakatlariga munosabat bildirdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

«Balandparvoz gaplar, to‘ylarni yo‘lda to‘xtatish menga kerak emas. To‘ylarni yo‘lda to‘xtatgandan ko‘ra, senga o‘xshagan yoshlarning kattalari, dunyoqarashlaringni o‘zgartiringlar. Men to‘y masalasini, u bir yilda bo‘lmaydi, nima uchun cho‘zyapman, muhit paydo bo‘lishi kerak oldin. Prezident aytdi deb to‘yni to‘xtatish, bu Prezidentga xiyonat,» – dedi Shavkat Mirziyoev.

Prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi davom etmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Shavkat Mirziyoev, bu, deb to‘yni to‘xtatish, aytdi, prezident, Prezidentga xiyonat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя