Главная » 2018 » Март » 29 » Shavkat Mirziyoev yana bir soha xodimlari maoshini ko‘tardi
20:30

Shavkat Mirziyoev yana bir soha xodimlari maoshini ko‘tardi


Avvalroq, 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qarorga muvofiq, 2018 yil 1 maydan o‘simliklar karantini bo‘yicha tuman va shahar inspektorlari, avtomobil yo‘llari, temir yo‘l stansiyalari, aeroportlar, daryo portidagi o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt inspektorlariga, qonun hujjatlarida belgilangan ustama va qo‘shimcha to‘lovlardan tashqari, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan har chorak yakuni bo‘yicha mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi uchun Inspeksiya boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan faoliyatni baholashning reyting tizimiga muvofiq belgilanadigan, quyidagi miqdorlardagi rag‘batlantiruvchi to‘lovlar beriladi:

70 balldan 80 ballgacha to‘plagan inspektorlarga – lavozim maoshiga 50 foizgacha;

80 balldan 90 ballgacha to‘plagan inspektorlarga – lavozim maoshiga 100 foizgacha;

90 balldan 100 ballgacha to‘plagan inspektorlarga – lavozim maoshiga 150 foizgacha.

Firdavs BEK


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Shavkat Mirziyoev | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя