Главная » 2021 » Июль » 18 » Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga ta’ziya yo‘lladi
16:40

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga ta’ziya yo‘lladi


Avvalroq Germaniyadagi kuchli toshqin qurbonlari soni 156 kishiga yetgani haqida xabar bergandik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Respublikasi Federal Kansleri Angela Merkel va Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga ushbu mamlakat g‘arbida ro‘y bergan halokatli toshqinlar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Germaniya xalqiga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Germaniyaga, Ta’ziya, Shavkat Mirziyoyev | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя