Главная » 2020 » Октябрь » 3 » Shavkat Mirziyoyev kasallikka yo‘liqqan Donald Trampga maktub yozdi
09:34

Shavkat Mirziyoyev kasallikka yo‘liqqan Donald Trampga maktub yozdi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampga maktub yo'lladi.

«Siz va Melaniya Tramp Xonim Oliyalarining koronavirusga chalingani to‘g‘risidagi xabarni chuqur bezovtalik va katta xavotir bilan qabul qildim. 

Sizlarni qisqa fursatlarda mazkur virusni muvaffaqiyatli yengib o‘tib, shifo topishingizga, farovon hayotingiz hamda mas’uliyatli davlatchilik faoliyatingizni davom ettirishingizga ishonchim komildir. 

Hurmatli Prezident Janobi Oliylari, ushbu sinovli damlarda Sizga va Melaniya Tramp Xonim Oliyalariga hamda barcha oila a’zolaringizga mustahkam sihat-salomatlik, xotirjamlik va kuch-quvvat yor bo‘lishini tilab qolaman», deyiladi maktubda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melanyada koronavirus infeksiyasi aniqlangani ma'lum bo'lgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: maktub yozdi, Donald Trampga, kasallikka, yo‘liqqan, Shavkat Mirziyoyev | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя