Главная » 2020 » Июль » 14 » Shavkat Mirziyoyev koronavirus testini topshirish tizimini soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berdi
20:50

Shavkat Mirziyoyev koronavirus testini topshirish tizimini soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-iyul, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatda koronavirusni aniqlash testini o‘tkazish tartibini soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, tahlillar koronavirus bilan zararlanishning oldini olish, kasallikni erta aniqlash, simptomsiz va yengil kechayotgan bemorlar bilan olib borilayotgan davolash va nazorat tadbirlarini amalga oshirishda yangi strategiyalarni qo‘llashni talab qilmoqda.

Shu sababli, Shavkat Mirziyoyev Respublika maxsus komissiyasi bu borada tezlik bilan barcha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev, sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga bir kun muddatda amaldagi test-tahlil topshirish jarayonini qayta ko‘rib chiqish, aholi uchun qulay tizimni ishlab chiqish topshirig‘i berildi.

Avvalroq jurnalist Barno Sultonova Toshkent shahridagi Sanitariya-epidemiologik-osoyishtalik markazlaridagi koronavirusga test topshirish bilan bog‘liq muammolar haqida ma'lum qilgandi.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov kasallanish holatlarining ko‘payishi hisobidan hozirgi kunda kuniga jami 20-22 ming tahlil qilinayotganini va tahlillar bo‘yicha talab qondirilmayotganini aytgandi. Shuningdek, Habibulla Oqilov fuqarolardan o‘zingizni ovutish maqsadida test tahlili topshirishga harakat qilmaslikni so'radi.

Twitter foydalanuvchilardan biri O‘rtasaroyda o‘tgan 15 kunini hikoya qilgan edi. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “vaqtida murojaat qilmay, uyida davolangan” deb aytilgan bemorning yaqini kasalxonalar COVID-19’dan vafot etgan marhum bemorni bir necha bor qabul qilmaganini so'zlab berdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tizimini, bo‘yicha topshiriq berdi, Shavkat Mirziyoyev, testini topshirish, soddalashtirish, Koronavirus | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя