Главная » 2017 » Август » 20 » Shavkat Mirziyoyev — o‘quvchilar formasi haqida: “Jamiyatimizdagi eng katta masala — boy bilan kambag‘al orasidagi munosabat” (video)
15:56

Shavkat Mirziyoyev — o‘quvchilar formasi haqida: “Jamiyatimizdagi eng katta masala — boy bilan kambag‘al orasidagi munosabat” (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-avgust kuni ta’lim tizimida olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning hisobotlarini tinglash maqsadida majlis o‘tkazgan edi.

Majlisda Prezident o‘quvchilarning formasi masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyevning fikricha, maktab va kollejlarda o‘quvchilarning bir xil formasi bo‘lmog‘i lozim. Bu jamiyatda ma’rifatli, adolatli va teng huquqli muhit yaratishga yordam beradi. O‘zbek mentalitetini inobatga olib, maktabda, kollejda o‘quvchilarning formasi bo‘lishi kerak. Buni qilmasak bo‘lmaydi. Chet ellarda, misol uchun, Turkiyada o‘quvchilar 100 foiz formada. To‘g‘rimi? Angliyada 100 foiz formada. Bunda gap ulardan o‘rganishimiz kerakligi haqida emas.

Ota-ona baribir shu formani oladi, lekin sifatsiz formani olyapti, puli ketyapti. To‘g‘rimi? Mana shu narsalar meni mutlaqo qoniqtirmaydi. Forma kiygan bolaning ma’naviyati o‘zgaradi, ma’rifati o‘zgaradi. Mas’uliyati va javobgarligi ham o‘zgaradi.

Ikkinchidan, jamiyatimizdagi eng katta masala — boy bilan kambag‘al orasidagi munosabat. Oddiy oilaning oddiy kiyingan bolasi yaxshi kiyingan boladan g‘ashi keladi. Biz unga yoshlikdan jafolat tug‘diramiz, ma’rifat emas — jafolat tug‘iladi. Mana shu jafolatni yo‘q qilishimiz kerak.

Maktabdan keyin nima kiysa — tillo kiyim kiysa ham [kiyaversin], bu endi Xudo bergan dunyoqarashi, kasb-kori, topish-tutishiga qarab. Maktabda esa hammani iloji boricha bir xil kiyintira bilishimiz kerak desak, bu jamiyatimizdagi ma’rifatli, adolatli, teng huquqli muhit oladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

 

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: orasidagi munosabat” (video, masala — boy bilan kambag‘al, havkat Mirziyoyev — o‘quvchilar for | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя