Главная » 2020 » Июнь » 30 » Shavkat Mirziyoyev: «Ozodbekni ko‘p yillar davomida o‘zim tarbiyalaganman!»
15:17

Shavkat Mirziyoyev: «Ozodbekni ko‘p yillar davomida o‘zim tarbiyalaganman!»


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kunlarda Namanganda bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga shunday ta'rif bergan.

«Ozodbekni ko‘p yillar davomida o‘zim tarbiyalaganman. Xalqparvar, millatparvar vazir bo‘lib yetishdi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Ochig‘ini tan olishimiz kerak, oldinlari madaniyatga juda kam e’tibor berganmiz. Endi iqtisodiyot bilan bab-baravar madaniyatni ham tiklash fursati yetdi.

Madaniy muhitda katta bo‘lgan odamning turmush tarzi ham madaniyatli bo‘ladi. Nega yirik korxonalarda cholg‘u yoki maqom ansambllari tashkil etish mumkin emas? Nega oliygohlarimizda tanaffus payti musiqa qo‘yilmaydi? Oldinlari choyxonalarga borsangiz, Jo‘raxon Sultonov yoki Ma’murjon Uzoqovni tinglab o‘tirish mumkin edi. Afsuski, hozir bunday yaxshi an’analar unutilib ketdi».

Shuningdek, davlat rahbari maktab shahodatnomalariga cholg‘uchilik bo‘yicha baholashni ham kiritishni taklif etdi. Shu tariqa o‘quvchi maktabni o‘zi ma’qul ko‘rgan biror cholg‘u turini mukammal egallagan holda bitiradi.

«Yosh yigit-qizlarda suitsid holatlarini kuzatyapmiz, axborot xurujlari ham yetarlicha. Bunga qarshi turish uchun ta’lim-tarbiya, muhit yaxshi bo‘lishi kerak. Har bir maktabda o‘zining teatri, ansambli faoliyat yuritishi zarur. Namanganda har bir maktabga cholg‘u anjomlari olib berilibdi, eshitib xursand bo‘ldim», — dedi prezident mamnuniyat bilan.

So‘zi yakunida Shavkat Mirziyoyev Namanganda tajriba tariqasida viloyat hokimining madaniyat bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etilishi va sohani rivojlantirish uchun salmoqli mablag‘ ajratilishini bildirdi. Keyinchalik bu tashabbus boshqa hududlarda ham joriy etilishi mumkin.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘zim tarbiyalaganman, ko‘p yillar davomida, Shavkat Mirziyoyev, Ozodbekni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя