Главная » 2020 » Ноябрь » 15 » Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik qizga ikki xonali uy sovg‘a qildi
14:05

Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik qizga ikki xonali uy sovg‘a qildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr, payshanba kuni Qarshi shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan qashqadaryolik yoshlar bilan uchrashuvda qarshilik psixolog qizga 2 xonali uy sovg‘a qilgan. Bu haqda «Tez News» xabar berdi.

Uchrashuvda yoshlar muammolarini hal qilish, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tgan.

Xususan, Qarshi tumanida yashovchi psixolog Shohida Jo‘rayeva Prezidentga yoshlar, yosh oilalarning psixologik madaniyatini oshirish, ularni katta hayotga tarbiyalash maqsadida «Yosh psixologlar» markazini tashkil etish taklifini bildirgan. Prezident uning taklifi ma’qul qelganini ta’kidlab, unga shahar markazidan 2 xonali uy sovg‘a qilinishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 11-12-noyabr kunlari davlatimiz rahbari ikki kunlik tashrif bilan Qashqadaryo viloyatiga borgan edi. 


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qashqadaryolik, ikki xonali, uy, Shavkat Mirziyoyev, sovg‘a qildi, qizga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя