Главная » 2020 » Февраль » 25 » Shavkat Mirziyoyev Trampga nima sovg‘a qilgan?
20:43

Shavkat Mirziyoyev Trampga nima sovg‘a qilgan?


AQSH rasmiylari tomonidan 2018 yilda boshqa mamlakatlar vakillaridan olingan barcha sovg‘alar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda “The New York Times” xabar bermoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tuhfalari ham qayd etilgan. O‘zbekiston Prezidenti Donald Trampga 2950 dollarga baholangan Registon majmuasining kumush nusxasini sovg‘a qilgan. Davlat kotibi Maykl Pompeoga esa 1580 dollarlik yog‘och stol va stullar to‘plamini topshirgan. Shuningdek, Mirziyoyev tomonidan Myelaniya Trampga ham 4200 dollarlik choyshab berilgan.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Donald Trampga 1,5 ming dollarlik 12 kumush tanga to‘plamini sovg‘a qilgan.

AQSHning birinchi xonimi Myelaniya Trampga berilgan eng qimmat sovg‘ani Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Al-Soni topshirgan. U sovg‘a 23,5 ming dollarlik oltita plastinadan iborat Nimfenburg chinni to‘plam ekanligi aytilmoqda. 

Shuningdek, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Trampga 8,2 ming dollarlik Louis Vuitton golf sumkasini sovg‘a qilgan. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя