Главная » 2020 » Октябрь » 3 » Shaxsni o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazganlik uchun qanday javobgarlik bor?
11:47

Shaxsni o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazganlik uchun qanday javobgarlik bor?


Shaxsni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali yozmoqda. 

Shaxsni qo‘rqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o‘zini o‘zi o‘ldirish yoki bunga suiqasd qilish darajasiga yetkazish 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:
- moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan;
- voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
- bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
- telekommunikatsiya tarmoqlari, Internet tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: javobgarlik, o‘z joniga, Qasd qilish, shaxsni, yetkazganlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя