Главная » 2018 » Апрель » 30 » “Shaytanat” haqidagi gaplarga ishonavermang! Hali bor...
20:08

“Shaytanat” haqidagi gaplarga ishonavermang! Hali bor...


“O‘zbekiston” telekanalida “Shaytanat” videofilmi namoyish etilishi haqida eng birinchi bo‘lib “Qalampir.uz” xabar bergandi. Yomg‘irdan kechin chiqqan qo‘ziqorindek, turli internet saytlarida serial namoyishi yuzasidan bir-birini rad etuvchi, asoslanmagan xabarlar tarqatildi. Ayniqsa, serialning 1 maydan efirga uzatilishi haqidagi xabarlar hafta oxirida ko‘plab internet-OAVda tarqatildi. Asossiz xabarlar estafetasi davom etmoqda. Serial namoyishi 14 maydan bo‘lishi haqida axborot bugun yana qaytadan joylashtirildi.

Serial qaysi kundan boshlab efirga uzatilishi hamon noma’lumligicha qolmoqda. Telekanal jamoasi “Zurriyot” serialining tugashini kutmoqda. U o‘z poyoniga yetgach, “Shaytanat” boshlanadi. Bu chamasi 10 maylarga to‘g‘ri kelishi xabar qilinmoqda.

Avvalgi xabarlarimizda ham ushbu serial namoyishidan avval unda rol ijro etgan aktyorlar, rejissyor va asar muallifi ishtirokida ko‘rsatuv suratga olinishi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 30 aprel kuni “O‘zbekiston” teleradiokanalida ushbu ko‘rsatuvni suratga olish ishlari olib borilmoqda. Serialdan avval ko‘rsatuv efirga uzatiladi. Bir necha kundan keyin serial namoyishi qaysi kundan start olishi ma’lum qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, videofilm O‘zbekison xalq yozuvchisi Tohir Malikning “Shaytanat” asari asosida 90-yillar oxirida suratgan olingan bo‘lib, unda 80-yillar voqealari, qo‘shiqchi Elchin va uning atrofidagi mafiyaning taqdiri, qonli qilmishlari tasvirlangan.

“Shaytanat”da bosh rollarni O‘zbekiston xalq artistlari Yodgor Sa’diev, Hayrulla Sa’diev, Erkin Komilov, Lutfulla Sa’dullaev, Gulchehra Jamilova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Behzod Muhammadkarimov, Ra’no Shodiyev ijro etgan.

Serial O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Qalqon” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan. Ushbu studiyaga O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diev rahbarlik qiladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Shaytanat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя