Главная » 2016 » Декабрь » 21 » Sherali Jo‘raev ham katta sahnalarga qaytmoqda
15:17

Sherali Jo‘raev ham katta sahnalarga qaytmoqda


Avvalroq, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova katta sahnalarga qaytgani, telekanallar va radiolarda unga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanib, qo‘shiqlari TV va radioda jarang sochishni boshlagani haqida xabar bergan edik.
 
Ko‘p o‘tmay O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov boshchiligidagi “Yalla” guruhi ham TVda ko‘rina boshladi. Ancha yillardan buyon TV va radiolardan yiroqda bo‘lgan bu san’atkorlarni xalq sog‘ingan edi.
 
Yulduz Usmonova va Farrux Zokirovning TVda ko‘rina boshlashi, katta sahnalarga qaytishi, odamlar orasida “Sherali Jo‘raev ham qaytarmikin?” degan savolni uyg‘otdi.
 
Ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘raevning qo‘shiqlari ham tez kunda radio va TVda jarang sochadi.
 
Kecha, 20 dekabr kuni Toshkent shahrida “My5” telekanali orqali efirga uzatiladigan “Diydor shirin” dasturining Yangi yil bayrami uchun maxsus soni suratga olindi. Unda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘raev ikki o‘g‘li Shohjahon Jo‘raev va Zohirshoh Jo‘raev bilan ishtirok etgan.
 
Dasturning bayram sonida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ham qatnashgan.
 
“Diydor shirin”ning bayramona maxsus soni Yangi yil bayrami kunlari efirga uzatiladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Sherali Jo‘raev | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя