Главная » 2016 » Октябрь » 24 » Sherzod Bin kimga qo‘l ko‘taradi?
12:59

Sherzod Bin kimga qo‘l ko‘taradi?


Faoliyatini parodiya san’ati bilan boshlagan Sherzod Bin bugungi kunda aktyor va rejissyor sifatida ham ijod qilib kelyapti. Bugun uni “Qisqa va lo‘nda” sahifasiga taklif qilib, ijodiy yangiliklari, fe’l-atvori va dunyoqarashi haqida bilishga urindik. 

Mavsum yangiligi.
Shu kunlarda niyatlarim ijobat bo‘lish arafasida. Faqat bu haqida hozir gapirolmayman. Amalda tez kunda o‘zingiz ko‘rishingiz mumkin. Bundan tashqari kuni kecha ilk bor rejissyorligimda suratga olingan “Qaysar oshiqlar” filmi prem’erasi bo‘lib o‘tgani ham men uchun muhim yangilik bo‘ldi. Dilmurod Agzamova va Rustam Murodov hamkorligida xonanda Umidaxonning klipida birga ishladik, ushbu ijodiy hamkorlik ham omadli chiqishiga ishonaman. 

Tushkunlik.
Bunday paytlarda do‘stlarim yaqinlarim yonimda bo‘ladi. Ayniqsa, do‘stim, akam, Bahodir ??? doim yonimda yelkadosh bo‘lib, qo‘llab-quvvatlab turadi. Yana bir gapni alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman, har bir insonni yomon kayfiyatdan, omadsizlikdan ota- onasining duosi asrab qoladi. Shu sabab doim ularning duosini olishga harakat qilaman.

Sport.
Bolaligimda futbol bilan jiddiy, professional shug‘ullanganman. Ammo ayrim sabablarga ko‘ra, uni tark etishimga to‘g‘ri kelgan. Bugun esa futbolning eng ashadiy “fanat”iman. Bundan tashqari ilgari sport zalda muntazam ravishda shug‘ulanib turardim. Biroq,  vaqt masalasi sabab, hozir mashg‘ulotlarni tashlab qo‘yganman. 

Mish-mishlar.
Bryus Lining  bir gapini ko‘p takrorlayman. “Sen haqingda gapirishyaptimi, demak sen kuchlisan. Boshqalardan ilgarlab ketgansan” Menimcha bu esa haqiqat. O‘zim haqimdagi gaplarga sabr qilaman. Agar har bir gapga urushib-talashsam vaqtim bekorga sarflanadi. 

Yolg‘on.
Ba’zida o‘zimiz istamagan holda yolg‘on gapirib qo‘yishimiz mumkin. Bundan xalos bo‘lish uchun inson o‘zini tarbiyalashi kerak. Tan olaman, men ham aynan shu borada o‘zimni tarbiyalab turishimga to‘g‘ri keladi. 

Kechirish.
Xato qilmagan bo‘lsamda, birovdan uzr so‘rash  men uchun qiyin emas. O‘zim ham kechirimli bo‘lishni o‘rganganman.

Yoqmaydigan savol.
 “San’atga qanday kirib kelgansiz” degan savolni eshitsam, jahlim chiqadi. Bunday paytlarda “Uydan chiqqanman-da, o‘ng tomonimga qarab yurib kelaverganman” deb javob beraman. 

Musiqa. 
Ulug‘bek Rahmatullaev, Shahruxxon, Sardor Rahimxonning ijodini kuzatib, qo‘shiqlarini maroq bilan tinglayman. Alisher Fayz, Otabek Muhammadzohidning ijodiga ashaddiy muxlisman, qo‘shiqlari jonu dilim. Otabek Muhammadzohidni to‘yim taklif  qilishini niyat ham qilib qo‘yganman. 

Oila.
Oilamda ota-onam, aka-ukam, singlim bor. Shaxsiy hayotimga to‘xtalsak, hali oila qurish niyatim yo‘q. Hali bajarib olishim kerak bo‘lgan, rejalashtirgan ishlarim ko‘p. 

Qo‘l ko‘taraman...
Doim o‘zimni, harakatlarimni nazorat qilib turishga urinaman. Ammo ota-onam, millatim tilga olinib, ularga nojo‘ya gaplar aytilsa o‘zimni tutib turolmasam kerak. 

Aliya SULAYMANOVA tayyorladi


Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Sherzod Bin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя