Главная » 2021 » Август » 1 » Shifokor koronavirusni yuqtirish xavfini kamaytirish yo‘lini aytdi
17:59

Shifokor koronavirusni yuqtirish xavfini kamaytirish yo‘lini aytdi


Rossiyalik shifokor-infeksionist Yevgeniy Timakovning so‘zlariga ko‘ra, oila a’zolaridan faqat bittasini emlash ular orasida koronavirusga chalinish ehtimolini uch baravar kamaytirishi mumkin. «RIA Novosti» agentligiga bergan intervyusida u buni emlangan odamdan virus ajralishining kamayishi bilan izohlagan.

«Oilada emlangan bir kishi oilaning boshqa a’zolariga koronavirus yuqtirish xavfini uch baravar kamaytiradi», — deya ta’kidladi infeksionist.

Timakovning qo‘shimcha qilishicha, emlangan odam ajratadigan virusning faolligi kam bo‘ladi va organizmda mutatsiyaga uchramaydi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yuqtirish, Koronavirusni, xavfini, shifokor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя