Главная » 2021 » Февраль » 20 » Shifokor Marjonbuloq oltin koni ishchisiga «SOVID-19» tashxisini qo‘yib berdi
09:11

Shifokor Marjonbuloq oltin koni ishchisiga «SOVID-19» tashxisini qo‘yib berdi


Ichki ishlar organlari xodimlari Jizzax viloyati G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasi shifokori T.T. ning tashxis ma’lumotnomasini qalbakilashtirganligini aniqladilar.

Ayon bo‘lishicha, shifokor tumanning G‘o‘bdin qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi Navoiy kon-metallurgiya kombinatining janubiy kon boshqarmasiga qarashli Marjonbuloq konida ishlovchi S.T.ga hech qayerda ro‘yxatga olinmagan mehnatga layoqatsizlik varaqalariga «SOVID-19» infeksiyasi bilan kasallanishning o‘rtacha og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan «tibbiy hujjat»ni taqdim etgan.

Tashxisni qalbakilashtirish evaziga shifokor 1 million so‘m «haq» olgan. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: oltin koni, Marjonbuloq, shifokor, tashxisini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя