Главная » 2020 » Ноябрь » 21 » Shifokor o‘z bilganicha vitamin qabul qiluvchilarni ogohlantirdi
11:44

Shifokor o‘z bilganicha vitamin qabul qiluvchilarni ogohlantirdi


Pandemiya davrida aksariyat odamlar koronavirusdan saqlanish umidida ko‘p miqdorda vitamin qabul qilishga tushdilar. Biroq bu organizm faoliyatini izdan chiqarishi mumkin, deydi rossiyalik shifokor allergolog-immunolog Aleksey Bessmertniy «Sputnik» radiosiga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vitaminli komplekslarni suiiste’mol qilish gipervitaminoz holatini keltirib chiqarishi mumkin. U esa foydali moddalar va mikroelementlar tanqisligidan ko‘ra xavfliroq.

«D vitamini yoki A vitamini gipervitaminozi sog‘liq uchun xavfsiz emas. Ustiga-ustak, ko‘pgina polivitaminlar dori emas, bioqo‘shimcha sifatida ro‘yxatga olinishini unutmaslik kerak. Statistikaga ko‘ra, jigar toksik zararlanishining to‘rtdan ikki qismi tegishli tartibda sertifikatlashtirilmagan bioqo‘shimchalar bilan bog‘liq», — deya izohladi mutaxassis.

Uning fikricha, gipervitaminoz alomatlari tushunarsiz, shu bois odamga nima bo‘layotganini ko‘pincha tushunib bo‘lmaydi.

«Ko‘ngil aynishi, lohaslik, charchoq, ajralayotgan peshob miqdori kamayishi shular jumlasidan. D gipervitaminozida qayt qilish, ya’ni intoksikatsiyaning barcha alomatlari bor», — deya ogohlantiradi Bessmertniy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar taomnoma sifatli mahsulotlardan tashkil topgan va meva-sabzavotlarga boy bo‘lsa, qo‘shimcha vitaminlarni qabul qilishga zarurat yo‘q.

«Faqatgina ayrim hududlar uchun «Yodomarin» hamda uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun D vitamin bundan mustasno bo‘lishi mumkin», — deya ta’kidladi shifokor.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: shifokor, ogohlantirdi, o‘z bilganicha, Vitamin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя